27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda yangidan saylangan deputatlarning 38 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Bu O‘zbekiston tarixida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani aytilmoqda. Avvalgi chaqiriqda ayol deputatlar 32 foizni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar Kengashlariga saylov natijalariga ko‘ra, yangi saylangan deputatlarning 32,6 foizi xotin-qizlarni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, saylangan deputatlar orasida mamlakatimizda yashayotgan boshqa millat vakillari ham bor. Ular 12,7 foizni tashkil qiladi.