Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar–sentyabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich safar maqsadlari kesimida quyidagicha:
— qarindoshlarni yo‘qlash — 4,5 mln nafar;
— sayyohlik — 869,3 ming nafar;
— xizmat yuzasidan — 121,5 ming nafar;
— tijorat — 112,8 ming nafar;
— davolanish — 81,7 ming nafar;
— o‘qish — 17,6 ming nafar.