02.11.2024 18:33
Chexiya qonunchiligi respublika fuqarolarining davlat rahbarining ruxsatisiz harbiy yoki harbiylashtirilgan xorijiy tuzilmalarga qo‘shilish imkoniyatini cheklaydi. Mamlakatning 180 dan ortiq fuqarosi Chexiya prezidentiga Ukraina armiyasiga qo‘shilish uchun ruxsat so‘rab ariza yo‘llagan. Biroq, qancha so'rov rad etilgani haqida xabar berilmagan.
Avvalroq Chexiya bosh vaziri Petr Fiala joriy yil oxirigacha Chexiya Ukraina qurolli kuchlariga yarim million o‘q-dori yetkazib berishini ma’lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, Praga Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya tomonidan taklif etilgan tashabbusda Niderlandiya va Daniya alohida rol o‘ynagan.