Charlz III pedofil ukasini moliyalashtirishni to'xtatdi
02.11.2024 17:41
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III o‘zining kichik ukasi, York gertsogi shahzoda Endryuni moliyalashtirishni rasman to‘xtatdi. Bu haqda qirolning yangilangan tarjimai holiga tayanib Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, so‘nggi haftalarda qirol o‘zining shaxsiy g‘aznachisi ser Maykl Stivensga shahzoda Endryuni yillik shaxsiy nafaqasidan mahrum etishni buyurgan. Taxminlarga ko'ra, bu yiliga taxminan bir million funt sterlingni tashkil qiladi. Shuningdek, Charlz III endi ukasining shaxsiy xavfsizligi uchun yetti raqamli summani to‘lamasligi ham ma’lum bo‘ldi. Bungacha monarx bir muncha vaqt faqat shov-shuvli pedofil moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqalari bilan tanilgan shahzoda Endryu uchun mablag'ni qisqartirgan edi.
"Gersog endi qirol uchun moliyaviy yuk emas", dedi saroy manbasi jurnalistlarga.