Serbiyaning eng aholi gavjum shahri Novi Saddagi vokzalning beton tomi qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC News.
“Umid qilamizki, bu oxirgi raqam, 14 kishi halok bo‘ldi. Biz ulardan beshtasini aniqlay olmadik”, – dedi Vuchich fojiadan bir necha soat o‘tib.
Tez orada qutqaruv operatsiyasi yakunlandi. O‘lgan 14 kishidan tashqari, 3 kishi yaralangan. Vokzal binosi 2021 yilda, keyin esa bu yil 5 iyulda rasmiy ochilish marosimi uchun qayta ta’mirlandi.
Serbiya hukumati shanbani motam kuni deb e’lon qildi.