Хitoy janubidagi Xaynan provinsiyasini qamrab olgan “Trami” tayfuni tufayli 40 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda mahalliy favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lum qildi.
Dushanba kunidan beri Xaynan orolining ko‘plab hududlari joriy yilda 20-marta sodir bo‘lgan “Trami” tayfuni sabab kuchli yomg‘irlardan aziyat chekdi. Rasmiylar eng ko‘p zarar ko‘rgan Syunxay shahrida 1-darajali favqulodda holat e’lon qildi. Ushbu hududda 500 mm dan ortiq yomg‘ir yog‘di.
Mahalliy matbuotning yozishicha, kuchli yomg‘ir tufayli orolning ayrim hududlarida suv toshqini xavfi yuqori.
Xaynan provinsiyasida “Trami” tayfuni oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qoldi.
Futszyan va Chjetszyan provinsiyalari ma’muriyati 31-oktyabrdan 1 noyabrgacha Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga kuchli yomg‘ir olib keladigan «Kong-rey» nomli yangi tayfunga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Taxminlarga ko‘ra, tabiiy ofatning eng og‘ir oqibatlari Chjetszyan provinsiyasida bo‘ladi.
Xitoyda to‘rt darajali favqulodda tizim mavjud, bu yerda birinchi daraja maksimaldir.