01-12-2025 08:07

Ilmiy-tadqiqot stansiyasida jami 24 ta konteyner o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 20 tasi yashash uchun, 1 tasi oshxona, 2 tasi hojatxona, 1 tasi qorovulxona sifatida jihozlangan.
Hudud toza ichimlik suvi, elektr ta’minoti, internet aloqasi hamda doimiy video kuzatuv tizimi bilan to‘liq ta’minlangan.
Loyihalar doirasida hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos o‘simliklarni yetishtirish, ularni parvarishlash va kasallik hamda zararkunandalardan himoyalash, sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini tiklash, tuz va qum migratsiyasi yo‘nalishlarini o‘rganish, biologik, meteorologik va geologik tadqiqotlar o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur ilmiy-tadqiqot stansiyasi Orolbo‘yi hududida ekotizimni tiklashga qaratilgan yangi ilmiy yondashuvlarni sinovdan o‘tkazish, olingan natijalarni tizimli tahlil qilish va ularni amaliyotga joriy etish imkonini beradi. Bu esa mintaqaning uzoq muddatli ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi stansiyaning ishga tushirilishi Orol fojiasidan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash yo‘lidagi navbatdagi muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etilmoqda.
