13-11-2025 15:20

Mutaxassislar bu holat kelajakda yurak kasalliklari xavfini oshirishi mumkinligini aytmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2000-yilda o‘g‘il bolalarning 3,4 foizi va qizlarning 3 foizida gipertoniya aniqlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilga kelib mos ravishda 6,5 va 5,8 foizga yetgan.
Yurak kasalliklari xavfi oshmoqda
Garvard tibbiyot maktabi professori Mingyu Jangning aytishicha, bolalikdagi gipertoniya keyinchalik yurak xastaligiga olib kelishi mumkin. Unga ko‘ra, yurak bilan bog‘liq kasalliklar AQSHdagi o‘lim holatlarining birinchi raqamli sababi hisoblanadi.
“Ammo bu o‘zgaruvchi xavf — sog‘lom ovqatlanish, erta diagnoz va muntazam nazorat bilan bu holatning oldini olish mumkin”, deydi Song.
Sabablar: tuz, stress va kamharakatlik
Olimlar yuqori qon bosimining asosiy sabablariga quyidagilarni kiritmoqda:
- tuzli va qayta ishlangan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish;
- uyqu sifati pastligi va stress;
- kam jismoniy faollik va ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tkazish;
- irsiy omillar.
Jangning qo‘shimcha qilishicha, atrof-muhitdagi kimyoviy moddalar ham bu xavfni kuchaytiradi. U ilgari olib borgan tadqiqotda PFAS deb ataluvchi “abadiy kimyoviy moddalar” (ular atrof-muhitda parchalanmaydi) bilan ert yoshlarda kontaktda bo‘lish bolalarda gipertoniyaga sabab bo‘lishi mumkinligini aniqlagandi.
Tadqiqot 21 ta mamlakatda o‘tkazildi
Tadqiqot 21 ta mamlakatdagi 96 ta ilmiy ishni tahlil qilish orqali o‘tkazilgan. Mutaxassislar bolalarning qon bosimi shifokor qabulida va uyda o‘lchanganda farq qilishi mumkinligini aniqlagan. Shu sababli, ba’zi bolalarda “yashirin gipertoniya” aniqlangan.
“Bu shuni anglatadiki, faqat uydagi yoki shifokor ko‘rigidagi o‘lchovlarga ishonib qolmaslik zarur. Bemor turli sharoitlarda tekshirlishi lozim”, degan Jang.
