13-11-2025 12:28

1. Kofein tetiklik bermaydi, balki energiyani “qarzga oladi”
Qahva organizmga quvvat qo‘shmaydi, balki tanadagi bor energiyani “qarzga oladi”. Kofein esa miyadagi dam olish signali — adenozin retseptorlarini bloklaydi. Shu sababli charchoq yo‘qolmay, shunchaki ongga yetib bormaydi.
Bir necha soatdan so‘ng organizm qarzni qaytarishni talab qiladi: diqqat pasayadi, asabiylashish kuchayadi, shirinliklarga ishtiyoq paydo bo‘ladi.
Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotlariga ko‘ra, bir finjon qahvadan uch soat o‘tgach, qondagi kortizol va adrenalin darajasi pastlaydi. Bu qisqa muddatli tetiklik ma’lum muddatdan so‘ng yangi “doza”ni ichishga majbur qiladi.
Nima bilan almashtirish mumkin?
Limon yoki yalpiz qo‘shilgan iliq suv. Bu ichimlik hazmni rag‘batlantiradi, moddalar almashinuvini faollashtiradi va qon bosimini oshirmasdan asab tizimini uyg‘otadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sitrusli efirlar miyadagi stimulyator markazlarini kofein kabi faollashtiradi.
2. Qahva xavotir hissini oshiradi
Ertalab kortizol darajasi tabiiy ravishda yuqori bo‘ladi. Kofein qo‘shilsa, bu ta’sir yanada kuchayadi. Natijada qo‘rquv va xavotir markazi ortiqcha faollashadi, yurak urishi tezlashadi, fikrlar chalg‘iydi va nazorat qilish qobiliyati susayadi. Agar yengil xavotir bilan uyg‘onsangiz, qahva uni kuchaytiradi. Ko‘plab odamlar qahvani tashlagach, kayfiyat ko‘tarilganini va asabiylik kamayganini sezadi.
Nima bilan almashtirish mumkin?
Sekin nafas olish yoki yengil cho‘zilish. 5 daqiqalik chuqur nafas olish dofamin va serotonin darajasini o‘rtacha kofein miqdori kabi oshiradi, lekin yurak urishi tezlashmaydi va qon bosimi ko‘tarilmaydi.
3. Qahva minerallarning so‘rilishiga xalaqit beradi va teri holatini yomonlashtiradi
Kofein tananing energiya, stressga chidamlilik va teri holati uchun muhim bo‘lgan temir, magniy va rux kabi moddalarni o‘zlashtirish qobiliyatini kamaytiradi. Ayniqsa och qoringa ichilsa, oshqozon kislotaliligi oshadi va mikroflora buziladi.
Amerika diyetologlar assotsiatsiyasining tadqiqotlariga ko‘ra, kuniga uch finjondan ortiq qahva ichadiganlarda qondagi ferritin darajasi 30 foizga past bo‘ladi. Past ferritin teri elastikligi pasayishi, tirnoqlarning mo‘rtligi va doimiy charchoqni keltirib chiqaradi. Kofein kollagenni ham parchalaydi.
Nima bilan almashtirish mumkin?
Matcha yoki matcha-latte. U ham o‘zida kofein saqlaydi, lekin L-tianin bilan bog‘langan bo‘lib, uning ta’sirni yumshatadi.
4. Qahva uyquni buzadi
Ko‘pchilik tushlikkacha qahva ichish xavfsiz deb hisoblaydi. Ammo kofeinning parchalanish tezligi har kimda turlicha: ba’zilarda 3 soatda, ba’zilarda 10 soatda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uyqudan 6 soat oldin ichilgan qahva chuqur uyqu fazasini 20 foizga qisqartiradi. Kofeindan voz kechish uyquning sirkad ritmlarini tartibga soladi.
Nima bilan almashtirish mumkin?
Issiq sikoriy yoki shakarsiz kakao. Ichak faoliyatini yaxshilaydigan inulin va uyqu sikliga ta’sir qilmaydigan teobromin tufayli u energiya beradi, lekin uyqu sifatini buzmaydi.
5. Qahva – odat niqobi ostidagi qaramlik
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qahvaxo‘rlarning miyasi, hatto kofein bo‘lmasa ham, piyolani ko‘rgan zahotiyoq yaxshi kayfiyat beruvchi markazlarini faollashtiradi.
Nima bilan almashtirish mumkin?
Iliq kakao, matcha, giyohlar damlamasi yoki shunchaki besh daqiqa nafas olish va quyosh nurida 10 daqiqa bo‘lish serotonin darajasini oshiradi.
