13-11-2025 10:54

Argentinalik futbolchining Madrid klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ancha oldin tarqalgan. Biroq tomonlar kelishuvga erisha olmay kelayotgandi. Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” qishki transfer oynasi vaqtida futbolchini sotib olishga yana bir bor urinib ko‘rgan, biroq Enso “Chelsi” bilan yangi shartnoma imzolashni istayotganini bildirib, ularning taklifini rad etgan.
Madridliklar qishki transfer oynasi vaqtida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Fernandesh “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonsoning talablariga to‘liq mos keladi: taktik, jismoniy barqarorlik, katta o‘yinlardagi tajriba va kuchli xarakter. Ammo yarim himoyachining qarori ortidan klub boshqa futbolchilarga e’tibor qaratishga majbur bo‘ladi.
Hozirda Fernandes “Chelsi” bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokara olib bormoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2032-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Enso joriy mavsum “aristokratlar” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroga teng.
