12-11-2025 09:22

Mamlakatda jami aholi 37,8 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan:
Rasmiy sektorda band bo‘lganlar 17 foizga ortib, 8,58 million kishini tashkil etdi. Norasmiy sektorda ishlayotganlar esa 26,9 foizga kamayib, 4,38 million kishini tashkil etdi. Chetga ishlashga ketganlar soni ko‘payib, 1,86 million kishini tashkil etdi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 512 ming kishiga ko‘p degani.
Respublika bo‘yicha 760 ming kishi ishga joylashishga talabgor bo‘lgan.
2025-yilda aholining 4,45 mln nafari daromadli mehnat bilan ta’minlangan:
O‘zbekistonda 2025-yilning ikkinchi choragida ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etib, MDH mamlakatlari orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinda qayd etilgandi.
Vazirlik axborotida qayd etilishicha, ishsizlik darajasi bandlik siyosati va yangi ish o‘rinlari tufayli kamaymoqda.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-noyabrdan boshlab ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadigan bo‘ldi. Bu turdagi nafaqani olish uchun fuqaro so‘nggi besh yilda kamida 18 oy ishlagan va mehnat shartnomasi bekor qilin bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, nafaqa yuzasidan olti oy ichida murojaat qilishi talab etiladi. Shunda uning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan uch oy davomida ishsizlik nafaqasi to‘lanadi.
